Biz nima qilamiz
Biz nimani qilamizni o'rganing
Ma'lumotlarimiz va loyihalarimiz orqali biz butun dunyo bo'ylab ishchilar, ish beruvchilar, siyosatchilar, kasaba uyushmalari va tadqiqotchilar uchun mehnat bozorining shaffofligini oshirishni maqsad qilamiz. Biz ish haqi va maoshlar, minimal ish haqi, yashash uchun zarur bo'lgan daromad va yashash minimunini ta'minlash uchun kunlik daromadi, mehnat qonunchiligi, jamoaviy shartnomalar, GIG-iqtisodiyot va platforma ishi hamda sun'iy intellektni o'z ichiga olgan holda mehnatning kelajagi bo'yicha ma'lumotlarni to'playmiz, tahlil qilamiz va ulashamiz. Ushbu ma'lumotlar va ma'lumotlar bazalari akademik tadqiqotlar, ijtimoiy muloqotlar va (maosh) muzokaralar, siyosatga ta'sir ko'rsatish, advokasiya kampaniyalari, hisobot talablari hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarini (SDGlar) amalga oshirish uchun ishlatiladi.

Mehnat olami
Biz 208 ta mamlakat va hudud uchun mustaqil, ochiq mehnat bozori ma'lumotlarini dunyo bo'ylab 70 dan ortiq tillarda taqdim etamiz, ular doimiy yangilanib turadi va har yili millionlab odamlarga yetib boradi. Bizning ma'lumotlar bazalarimiz so'nggi huquqiy va iqtisodiy rivojlanishlarni aks ettirish uchun oyma-oy, choraklik yoki yillik ravishda yangilanadi.Bizda dunyodagi eng yirik ma'lumotlar bazalari quyidagi toyifalar bo'yicha mavjud: